Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oziq-ovqat isrofini kamaytiradigan startap Eco Expo Central Asia g‘olibi bo‘ldi

Oziq-ovqat isrofini kamaytiradigan startap Eco Expo Central Asia g‘olibi bo‘ldi

Samarqanddagi Expo ko‘rgazmalar markazida "Eco Expo Central Asia 2026" xalqaro ekologik ko‘rgazmasining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda ko‘rgazma doirasida taqdim etilgan startap loyihalarning eng yaxshilari e’tirof etildi. Ma’lumot uchun, jami 37 ta startap loyiha taqdim qilindi.

Xususan, «SAWAB» startap loyihasi 1-o‘ringa munosib ko‘rildi. Loyiha mualliflari namanganlik Saidamir Agzamov va Boburbek Asqarovlar oziq-ovqat isrofgarchiligini kamaytirishga e’tibor qaratishgan va bunga innovatsion yondashishgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasidan Shohida Karlibayeva va Miyratdin Ajiniyazovlarning «ECOPOTS» startap loyihasi 2-o‘rinni egalladi. Loyihada qo‘y juni chiqindilarini biologik parchalanadigan, o‘simliklar ekiladigan idishlarga aylantirish orqali ekologik barqaror yechim yaratilgan, bu esa plastik ifloslanishni kamaytirishga hissa qo‘shadi.

3-o‘rin Toshkent shahridan Akbarali Turdiyev va uning jamoasi ishlab chiqqan “SMART FOREST” startap loyihasiga nasib etdi. Loyihada sun’iy intellekt asosidagi innovatsion ekologik monitoring yechimlari ishlab chiqilgan bo‘lib, o‘rmonlarni muhofaza qilish, yong‘inlarni erta aniqlash hamda aqlli qishloq xo‘jaligi texnologiyalarini rivojlantirishga hissa qo‘shadi.

Shuningdek, Buxoro viloyatidan Muhriddin Yoqubov va Muinjon Naimovlarning “Eco Mikrogreens” startap loyihasi atrof-muhitga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatgani hamda ekologik barqarorlikni ta’minlashga qo‘shgan munosib hissasi uchun “Atrof-muhitga eng katta ta’sir ko‘rsatgan loyiha”, Toshkent shahridan Oyatulloh Abdujabborovning “Eco Brick” loyihasi esa innovatsion, texnologiyalarga asoslangan va istiqbolli ekologik yechimni taqdim etgani uchun “Eng innovatsion ekologik yechim” nominatsiyalari bilan taqdirlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring