Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Parkent tumaniga yangi hokim tayinlandi

Parkent tumaniga yangi hokim tayinlandi

Foto: Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati.

Parkent tumaniga yangi hokim tayinlandi. Tumanda Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. 

Tuman hokimi lavozimida ishlab kelgan Isoqulov Sardor Dadajonovich boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan tuman hokimi lavozimidan ozod qilindi. U Bo‘ka tumaniga rahbar bo‘ldi

Zoyir Mirzayev Toshkent viloyati hokimligi qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha kotibiyat mudiri lavozimida ishlab kelayotgan Po‘latov Elmurod To‘xtaboyevich nomzodini Parkent tumani hokimi lavozimiga tavsiya qildi. 

Deputatlar nomzodning yaqin istiqboldagi faoliyatiga doir taqdimot bilan tanishdilar. 

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashi Elmurod Po‘latovni tuman hokimi etib tasdiqladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring