Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Pentagon «o‘zga sayyoraliklar» haqidagi fayllarni e’lon qilishni boshladi

Pentagon «o‘zga sayyoraliklar» haqidagi fayllarni e’lon qilishni boshladi

Foto: Pentagon

AQSh Donald Tramp va’da qilgan NUJ (noma’lum uchuvchi jismlar) haqidagi fayllarni e’lon qilishni boshladi.

Pentagon noma’lum anomal hodisalar haqidagi arxiv materiallarining bir qismini ochiqladi va buning uchun o‘z saytida maxsus bo‘lim tashkil etdi.

Fayllarda hisobotlar, telegrammalar, xatlar, fotosuratlar, audio va videoyozuvlar hamda boshqa materiallar mavjud.

Nashr etilgan materiallarning asosiy qismi harakatlanayotgan noaniq nuqtalar aks etgan foto va videolar (ulardan biri pashshani eslatadi) hamda g‘ayritabiiy uchar obyektlarni ko‘rganlarning so‘zlari asosida yozilgan hisobotlardan iborat.

Hujjatlar orasida go‘yoki uchar likopcha yoki o‘zga sayyoralikni ko‘rgan shaxslarning ta’riflari asosida chizilgan rasmlarni ham uchratish mumkin.

Shu munosabat bilan izoh berar ekan, Tramp shunday deb yozdi: «Agar avvalgi ma’muriyatlar bu masalada ochiq bo‘lmagan bo‘lsa, endi ushbu yangi hujjatlar va videolar orqali odamlar: «Bu yerda nimalar bo‘lyapti o‘zi?» degan savolga o‘zlari javob topishlari mumkin bo‘ladi. Vaqtingizni chog‘ o‘tkazing va zavqlaning!».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring