Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Pokiston-Afg‘oniston: vaziyat qay darajada murakkab?

Pokiston-Afg‘oniston: vaziyat qay darajada murakkab?

Dunyo hamjamiyati e’tibori Rossiya-Ukraina urushi, Yaqin Sharqdagi Isroil-Falastin mojarosi hamda Eron va AQSh–Isroil o‘rtasidagi keskinlikka qaratilgan bir paytda, mintaqaviy xavfsizlikning muhim nuqtasi bo‘lgan Pokiston va Afg‘oniston munosabatlari ham e’tibordan chetda qolayotgani yo‘q.

Ikki davlat o‘rtasidagi ziddiyatlar allaqachon xalqaro kun tartibidagi eng dolzarb masalalardan biriga aylanib ulgurdi.

Chegara xavfsizligi, terrorizmga qarshi kurash, iqtisodiy integratsiya va siyosiy ishonchsizlik kabi muammolar hozirda ikki tomonlama munosabatlarning asosiy mezoni bo‘lib qolmoqda.

Bugungi suhbatimizda bu davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarning hozirgi manzarasi va istiqbollari haqida ekspert siyosatshunos Obidjon Abdurahmonov bilan atroflicha mulohaza yuritamiz.

Suhbat davomida:

Bugungi kunda Pokiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi munosabatlarni qanday baholash mumkin? Ikki davlat munosabatlarida hozir qaysi omil ustuvor — hamkorlikmi yoki ziddiyat?

Chegara hududlaridagi qurolli to‘qnashuvlar va xavfsizlik inqirozi qay darajada qaynoq nuqtasiga yetgan? Bu keskinlikni tinch yo‘l bilan hal etish imkonlari bormi?

Afg‘onistondagi mavjud siyosiy vaziyat va «Tolibon» boshqaruvi Pokistonning ichki barqarorligi uchun qanday strategik xavflarni yuzaga keltirmoqda?

Afg‘onistonga qo‘shni bo‘lgan boshqa davlatlar bilan qiyoslaganda, Islomobodning Kobulga nisbatan yondashuvida qanday o‘ziga xos jihatlar va farqlar ko‘zga tashlanadi?

Iqtisodiy loyihalar, xususan, tranzit yo‘laklari va savdo aloqalari ikki davlat o‘rtasidagi siyosiy muzlarni eritishda «yumshoq kuch» vazifasini bajara oladimi?

Qo‘shni davlatlar, xususan, Markaziy Osiyo hamda xalqaro tashkilotlar ushbu ikki tomonlama munosabatlarni muvozanatga solishda qanchalik ta’sir kuchiga ega?

Ikki davlat o‘rtasidagi vaziyatga Xitoyning munosabati qanday? Xitoy bu ikki davlat bilan iqtisodiy hamkorlikka ega va har ikkisiga ma’lum darajada ta’sir ko‘rsata oladi. Ayni vaqtda bu ta’sir qanday ko‘rinish olgan? Afg‘oniston-Pokiston mojarosi Xitoy manfaatlariga qay darajada daxl qiladi?

Dyurand chizig‘i bo‘yicha kelishmovchilik bartaraf etilmas ekan, Afg‘oniston-Pokiston munosabatlari barqarorlashishiga ishonish qiyin. Bu bo‘yicha qachondir ikki davlat kelisha oladimi? Chegara liniyasi o‘zgarishi mumkinmi?

Biz munosabatlarning izga tushishiga guvoh bo‘lamizmi yoki inqiroz yanada chuqurlashish xavfi bormi kabi savollarga javob olamiz.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring