Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident administratsiyasida yangi tayinlov: Timur Butunbayev boshqa lavozimga o‘tdi

Prezident administratsiyasida yangi tayinlov: Timur Butunbayev boshqa lavozimga o‘tdi

Prezident farmoni bilan Timur Nuryigitovich Butunbayev Prezident administratsiyasi rahbarining suv islohotlari bo‘yicha o‘rinbosari — Huquqiy ekspertiza departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

U shu munosabat bilan Prezident administratsiyasi rahbarining suv ta’minoti tizimini isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

2025-yil 14-iyulda Timur Butunbayev Prezident administratsiyasi rahbarining suv ta’minoti tizimini isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi. Shu munosabat bilan suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgan.

U 1986-yil 6-noyabrda Sirdaryo viloyati Guliston shahrida tug‘ilgan. 2009-yilda Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan. Ta’lim bo‘yicha huquqshunos.

Mehnat faoliyatini 2009-yilda Toshkent shahri Yashnobod tumani IIB tergovchisi sifatida boshlagan. 2010−2017-yillarda IIVning turli lavozimlarida ishlagan. 2018−2024-yillarda Prezident administratsiyasida mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring