Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin «taxti qimirlab qolgan» Maduro bilan gaplashdi: nimalar ma’lum?

Putin «taxti qimirlab qolgan» Maduro bilan gaplashdi: nimalar ma’lum?

Kremlning xabar berishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Venesuela rahbari Nikolas Maduro bilan telefon orqali suhbatlashdi

Ikki davlat rahbari 2025-yil noyabr oyida kuchga kirgan strategik sheriklik va hamkorlik shartnomasiga muvofiq Rossiya-Venesuela do‘stona munosabatlarini yanada rivojlantirish bo‘yicha fikr almashdilar, deyiladi xabarda. 

Putin Venesuela xalqi bilan birdamligini bildirgan va Maduro hukumatining tashqi bosim kuchayib borayotgan bir paytda milliy manfaatlar va suverenitetni himoya qilishga qaratilgan siyosatini qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor tasdiqladi. 

«Ikki davlat ham savdo-iqtisodiy, energetika, moliyaviy, madaniy, gumanitar va boshqa sohalarda qo‘shma loyihalarni izchil amalga oshirishga o‘zaro sodiqligini tasdiqladilar», deyiladi xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, Tramp hokimiyatga kelgach, Venesuela atrofida vaziyat keskinlashdi. Hatto AQSh Madurodan hokimiyatdan ketishni talab qilgani haqida ma’lumotlar tarqaldi. AQSh harbiylari Karib havzasida faollashdi.  Ayrim tahlilchilarga ko‘ra, Maduro hokimiyati AQSh hujumi sabab qulashi mumkin. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring