Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qatarda o‘zbekistonlik 11 yoshli bola vafot etdi

Qatarda o‘zbekistonlik 11 yoshli bola vafot etdi

O‘zbekistonning Qatardagi elchixonasi tomonidan yo‘l-transport baxtsiz hodisasi oqibatida vafot etgan yurtdoshimizning dafn marosimini tashkil etishda amaliy yordam ko‘rsatildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA.

Toshkent shahrida tug‘ilgan 11 yoshli M.A. Qatardagi safari davomida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi natijasida, avtotransport vositasi boshqaruvi yo‘qotilishi tufayli bosh qismidan olgan tan jarohatlari sababli hodisa joyida vafot etgan.

Bu haqida ma’lumot kelib tushishi bilan diplomatik vakolatxona tomonidan Qatarning tegishli davlat idoralari bilan hamkorlikda tezkor zarur tashkiliy va huquqiy masalalarni hal etish choralari ko‘rildi.

Marhumning oila a’zolariga har tomonlama amaliy yordam ko‘rsatilib, dafn marosimini tashkil etish masalalari ular bilan yaqin hamkorlikda tashkil etildi.

Mintaqada yuzaga kelgan mavjud vaziyat hamda transport-logistika bilan bog‘liq cheklovlar inobatga olingan holda, marhumning jasadi oilasining roziligi bilan barcha milliy va diniy an’analarga muvofiq ravishda Qatar davlatida dafn etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring