Qatl yoqasidagi masxaraboz
Tribule – 1498 yildan 1515 yilgacha hukmronlik qilgan Fransiya qiroli Lyudovik XII ning mashhur masxarabozi edi. Tribule shuning uchun mashhurki, bir kuni u shohning yelkasiga qoqib qo‘yadi.
Bu harakat qirolni qattiq g‘azablantiradi. U asabiy holda Tribuleni qatl etish bilan tahdid qiladi.
Biroz vaqt o‘tib, shohning g‘azabi bosiladi va shunday deydi:
– Men seni afv etishim mumkin. Ammo shunday bahona o‘ylab topginki, u qilgan ishingdan ham ko‘proq haqoratli bo‘lsin.
Shunda Tribule hozirjavoblik bilan tabassum qilib javob beradi:
– Judayam afsusdaman, hukmdorim! Men sizni tanimabman, sizni malika deb o‘ylabman!
Javob juda oqilona va haqoratli bo‘lishiga qaramay, u qirolning taqiqini buzgan – hech kimning malikani masxara qilishga haqqi yo‘q edi. Shu bois, qirol yana darg‘azab bo‘lib, Tribulening qatlini tasdiqlaydi. Ammo shunday deydi:
– Yaxshi, o‘lim usulini o‘zing tanla.
Tribule hech ikkilanmasdan qulog‘ini qisib javob beradi:
– Qadrli hukmdorim, muqaddas Nitush va muqaddas Panzar – jinnilar homiylari nomidan iltimos qilaman: mening tanlovim – qarilikdan o‘lishdir!
Bu javobdan qirolning o‘zi ham kulgidan to‘xtay olmaydi. Natijada, u qatl hukmini qaytarib, Tribuleni shunchaki qirollikdan haydab yuborishga qaror qiladi.
Tribule o‘zining donishmandona hazili va zukkoligi bilan, hatto o‘lim ostida ham shohni kuldirgan va shu bilan o‘zining hayotini saqlab qolgan edi.
A.Fathullayev


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter