Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qaysi hududlar aholisi eng ko‘p keshbekka ega bo‘ldi?

Qaysi hududlar aholisi eng ko‘p keshbekka ega bo‘ldi?

Foto: Xabar.uz

Soliq qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil aprel oyida iste’molchilarga 236,7 millionta xarid cheki uchun 111,8 milliard so‘mdan ortiq keshbek to‘lab berilgan. Yil boshidan buyon esa 848,4 millionta chek bo‘yicha jami 571,3 milliard so‘m keshbek qaytarilgan.

Hisobot davrida keshbek tizimidan foydalanuvchilar soni 8,1 million nafarga yetdi. Aprel oyining o‘zida ushbu ko‘rsatkich 4,8 million nafarni tashkil etdi.

Hududlar kesimida eng katta keshbek hajmi Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri keldi. Poytaxt aholisi aprel oyida 34,9 milliard so‘m keshbek oldi. Bu respublika bo‘yicha to‘langan jami keshbeklarning qariyb uchdan bir qismini tashkil etadi.

Aprel oyida eng ko‘p keshbek olingan hududlar quyidagicha shakllandi:
Toshkent shahri — 34,96 mlrd so‘m;
Farg‘ona viloyati — 17,58 mlrd so‘m;
Toshkent viloyati — 12,43 mlrd so‘m;
Samarqand viloyati — 6,63 mlrd so‘m;
Xorazm viloyati — 6,60 mlrd so‘m;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 6,56 mlrd so‘m;
Qashqadaryo viloyati — 4,63 mlrd so‘m;
Namangan viloyati — 4,45 mlrd so‘m;
Buxoro viloyati — 4,28 mlrd so‘m;
Andijon viloyati — 4,38 mlrd so‘m;
Surxondaryo viloyati — 3,20 mlrd so‘m;
Navoiy viloyati — 2,81 mlrd so‘m;
Jizzax viloyati — 1,82 mlrd so‘m;
Sirdaryo viloyati — 1,51 mlrd so‘m.

To‘rt oylik natijalar ham poytaxtning mutlaq ustunligini ko‘rsatmoqda. Yanvar-aprel oylarida Toshkent shahri aholisi 176,2 milliard so‘m keshbek olgan.

To‘rt oy yakunlariga ko‘ra, Toshkent shahri 176,2 milliard so‘m bilan birinchi o‘rinda qayd etildi. Keyingi pog‘onalardan Farg‘ona viloyati (80,9 mlrd so‘m), Toshkent viloyati (64 mlrd so‘m), Samarqand viloyati (35,9 mlrd so‘m) va Qoraqalpog‘iston Respublikasi (32,1 mlrd so‘m) joy oldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring