Chery gibridi 1100+ km masofani qayta quvvatlashsiz bosib o‘tdi
Ko‘p hollarda gibrid avtomobillarning e’lon qilingan yo‘l bosish zaxira masofasi amaldagi raqamlarga mos kelmaydi — chunki laboratoriya sinovlari real yo‘l va iqlim sharoitlaridan uzoq bo‘lgan, har jihatdan mukammal holatda o‘tkaziladi. Shu sababli Chery Uzbekistan jamoasi Arrizo 8 Hybrid’ni tabiiy foydalanish muhitida sinovdan o‘tkazishga qaror qildi.

Katta test-drayv davomida avtomobil Toshkentdan Urganchgacha bo‘lgan butun yo‘lni qayta quvvatlanmasdan va to‘la bir bak yonilg‘ida bosib o‘tdi. Yo‘l Jizzax, Samarqand va Buxoro shaharlari, jumladan, shahar tirbandliklari, qorong‘ilik va turli xil yo‘l qoplamalari orqali kechdi.
Safar davomida avtomobilning barcha tizimlari — iqlim nazorati, multimedia, chiroq va o‘rindiqlar ventilyasiya tizimi ishga tushirildi. Bu laboratoriya sinovlari emas, balki gibridning imkoniyatlarini kundalik sayohatlarga imkon qadar yaqin rejimlarda sinab ko‘rish edi. Bunda batareya O‘zbekiston iqlimi uchun ayniqsa muhim bo‘lgan yuqori harorat va uzoq muddatli yuklamalarda ham barqaror ishlashini ta’minladi.
«Biz odatdagi rejimda, ya’ni hayotdagidek harakatlandik: shaharlarda to‘xtadik, tirbandliklarda turdik, avtomobilning barcha funksiyalaridan foydalandik. Shunday bo‘lsada, 1100 kilometrdan ortiq masofani bosib o‘tdik», — deydi Uzcars jurnalistlar jamoasidan iborat bo‘lgan test-drayv ishtirokchilari.

Dastlabki yo‘nalish rejasi bo‘yicha bloger va jurnalistlar Urganchga yetib olishni maqsad qilgan edi. Ammo qurilma panelida hamon yoqilg‘i va quvvat zaxirasi mavjudligini ko‘rgan ishtirokchilar sayohatni Xivagacha uzaytirishga qaror qildilar. So‘ngra bloger va jurnalistlar yana Urganchga qaytib, yangi Chery dilerlik markazi ochilishida ishtirok etishdi. Shundan keyin ham yonilg‘i bakida yetarli miqdorda yoqilg‘i qolgan edi — ishtirokchilarning so‘zlariga ko‘ra: «quvvat ehtimol, Nukusgacha ham yetardi».
– Avtomobil a’lo darajadagi boshqaruv va ravon harakatlanishni namoyish etdi. O‘rtacha birlikdagi «podveska» yo‘llarimiz uchun ayni muddao bo‘ldi. Qo‘shimchasiga – tezkor gaz tepkisi va simsiz CarPlay funksiyalari sayohatni yanada qulay qildi, — dedi avtobloger Kamran Ahmedov (NetralkaTV).

347 kuchlanishli gibrid tizim ishonchli tezlanishni ta’minlaydi, tormoz rekuperatsiyasi esa energiyani tejashga yordam beradi. Batareya quvvati 20 foizdan kamayganda benzinli dvigatel dinamik yo‘qotishlarsiz va ens past shovqin darajasida ravon tarzda ishga tushadi.
Chery Uzbekistan produkt-menejeri quyidagilarni qayd etdi:
«Atmosferali dvigatellarga ega gibridlarning aksariyatida batareya quvvati tugaganidan keyin quvvat yo‘qolishi seziladi. Chery bilan bog‘liq holatda esa barchasi boshqacha — 1.5L Turbo PHEV turbo motor tufayli avtomobil past quvvatlanishda ham bir xil dinamikani saqlab qoladi. Bunda, bitta bakda yo‘l bosish zaxira masofasi 1400 km gacha yetadi, 80 foizgacha quvvatlash esa atigi 19 daqiqa davom etadi. O‘rtacha yonilg‘i sarfi 100 km uchun taxminan 3,9 litrni tashkil qiladi».

Arrizo 8 Hybrid’da maksimal darajadagi texnologik imkoniyatlar: simsiz CarPlay, 12 ta dinamikka ega audio tizim, kalitsiz eshiklarni ochish tizimi va ADAS intellektual yordamchilar mavjud. Bularning barchasi safarni nafaqat tejamkor, balki qulay qiladi.
Chery Arrizo 8 Hybrid — O‘zbekistonda taqdim etilgan Chery’ning birinchi gibrid modelidir. Uni mahalliy sharoitlarga moslashtirish jarayoni deyarli bir yil davom etdi. Chery muhandislari avtomobil mamlakatning iqlim va yo‘l sharoitlariga to‘liq tayyor bo‘lishi uchun kuch qurilmasi, «podveska», elektronika va batareyani sovutish tizimlari sozlamalarini puxta ishlab chiqdilar.
Xalqaro bozorda Arrizo 8 Hybrid brendning flagman modeli hisoblanadi va Chery kompaniyasining gibrid texnologiyalar sohasidagi ko‘p yillik tadqiqotlari va ishlanmalari natijasidir.
Test-drayv Chery Arrizo 8 Hybrid O‘zbekiston iqlimi va yo‘llariga to‘liq moslashganini tasdiqladi. U yuqori tezlikdagi yo‘l trassalarida ham, shahar sharoitida ham o‘zini ishonchli tutadi, energiya samaradorligi, quvvat va biznes-klass qulayligini birlashtiradi.
Test-drayvni o‘z ko‘zi bilan ko‘rmoqchi bo‘lganlar ishtirokchilarning sharhlari bilan tanishib olishlari mumkin:
O‘zbek tilidagi tuninghouse sharhi — https://youtu.be/8xakhAxN5n8?si=CibPYMI2sgdEfpOz
Rus tilidagi NetralkaTV sharhi — https://youtu.be/uW3VJK-5nRo?si=1LuLVWxxGogZSR0C
O‘zbek tilidagi Uzcars sharhi — https://youtu.be/3KW1UeEFbjo?si=iBzhj76q3bB6WR4o
Chery avtomobil brendining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori bo‘lgan ADM Global kompaniyalar guruhi tomonidan taqdim etilgan Chery avtomobillarining xususiyatlari va narxlari bilan cheryauto.uz saytida tanishish mumkin.
Chery Uzbekistan rasmiy sahifalari:
Doimiy aloqa telefoni: +998 71 276 55 55


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter