Qiziriq tumani va Zarafshon shahri hududlari kengayadi
Qonunchilik palatasining 21-apreldagi yig‘ilishida Qiziriq tumani va Zarafshon shahri hududlarini kengaytirishga doir qonun loyihalari qabul qilindi.
Taklifga ko‘ra, Jarqo‘rg‘on tumanidan 4740 gektar yer maydoni Qiziriq tumani tarkibiga o‘tkaziladi. Shuningdek, Tomdi tumanidan 2459 gektar yer maydoni Zarafshon shahri hududiga qo‘shiladi.
Ta’kidlanishicha, Qiziriq tumani hududining kengayishi 731 ta oilada yashovchi 4230 nafar aholi sharoitini yaxshilashga xizmat qiladi. Shu bilan birga, qishloq xo‘jaligi, ayniqsa chorvachilikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratiladi.
Chegara o‘zgarishlari mahalla fuqarolar yig‘inlari hamda tegishli tuman va viloyat Kengashlarida muhokama qilinib, kartografik chizmalar asosida ma’qullangan.
Ma’lum qilinishicha, uzoq muddatli biznes-reja doirasida 250 dan ortiq sanoat va ishlab chiqarish loyihalari amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, 90 ta ijtimoiy ob’yekt va 500 dan ziyod savdo-maishiy hamda xizmat ko‘rsatish nuqtalarini barpo etish rejalashtirilgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter