Quruvchi firmadan fuqarolar foydasiga 1,1 mlrd so‘m undirib beriladi
FIB Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining ijro hujjatlariga ko‘ra, 10 nafar undiruvchi fuqarolarning foydasiga qarzdor qurilish tashkilotidan jami 1 mlrd 88 mln 872 ming so‘m qarz summalarni undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar M.Ulug‘bek tuman bo‘lim ish yurituviga kelib tushgan.
Ma’lum byuo‘lishicha, qurilish tashkiloti uy olishni niyat qilgan fuqarolarga tez fursatlarda ko‘p qavatli uylar qurib bitkazilishini bildirgan va fuqarolar bilan o‘rtada shartnomalar imzolangan. O‘tgan vaqt mobaynida quruvchi shartnomada belgilangan muddatda uyni qurib, xonadonlarni fuqarolarga topshira olmagan.
Shundan so‘ng, fuqarolarda e’tirozlar paydo bo‘lib, ish sudga oshirilgan.
Byuroning tuman bo‘limi tomonidan qarzdor berilgan ixtiyoriy muddatda fuqarolar foydasiga qarz summalari qoplab berilmaganidan so‘ng, majburiy ijro harakatlariga kirishilgan.
Majburiy ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli bo‘lgan 5 ta maxsus avtotransport vositasi mavjudligi aniqlangan va qidiruvga berilgan. Qidiruv harakatlari natijasida davlat ijrochisi tomonidan topilgan 2 ta avtotransport vositalari jarima maydoniga joylashtirilib, tegishli tartibda xatlangan.
Hozirda mazkur avtotransport vositalari auksion savdolariga chiqarilgan bo‘lib, sotuvdan tushgan pul mablag‘lari fuqarolar foydasiga qarzdorlikni qoplash uchun yo‘naltiriladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter