Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rasman: Po‘lat Bobojonov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi

Rasman: Po‘lat Bobojonov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Prezident Administratsiyasi tuzilmasida qator o‘zgarishlar amalga oshirildi.

Farmonga ko‘ra, Po‘lat Razzoqovich Bobojonov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Prezident Administratsiyasi tuzilmasini maqbullashtirish ishlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar bo‘yicha maslahatchisi lavozimi hamda uning bo‘linmasi tugatildi. Shu bilan birga, ayrim yo‘nalishlar boshqa bo‘linmalarning qo‘shimcha vazifalari sifatida belgilandi.

Davlat mukofotlari va geraldika sohasida yagona davlat siyosatini yuritish, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan yaqin hamkorlik qilish va ularning faoliyatini muvofiqlashtirish Komplayens xizmatining qo‘shimcha faoliyat yo‘nalishi etib belgilandi.

Mahalla instituti faoliyati samaradorligini yanada oshirish esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘linmasining qo‘shimcha faoliyat yo‘nalishi sifatida belgilandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring