Rossiyada bolakayni qutqarib qolgan Xayrulla Ibodullayevni Centrum Air ham taqdirladi
Bugun, 2026 yil 28 fevral kuni Toshkent xalqaro aeroportida Sankt-Peterburgda ko‘rsatgan jasorati bilan barchaning e’tirofiga sazovor bo‘lgan hamyurtimiz Xayrulla Ibodullayevni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.
O‘z hayotini xavf ostiga qo‘yib, yetti yoshli bolakayni qutqargan Xayrulla Ibodullayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev farmoniga binoan «Jasorat» davlat medali bilan taqdirlangan edi. Centrum Air aviakompaniyasi ham qahramonga besh yil davomida yo‘nalishlar tarmog‘idagi barcha parvozlar uchun bepul chiptalar taqdim etuvchi shaxsiy sertifikat topshirdi. Bundan tashqari, Centrum Holidays turoperatori maxsus sovg‘a — Xayrulla Ibodullayevning ota-onasi uchun Umra ziyoratiga yo‘llanma tuhfa etdi.

Tantanali taqdirlash marosimi samimiy hurmat va qo‘llab-quvvatlash ruhida o‘tdi, OAV vakillari esa qahramon bilan shaxsan muloqot qilish imkoniga ega bo‘lishdi.
Centrum Air o‘z hamyurti bilan faxrlanadi, insoniy qadriyatlarni doimo qo‘llab-quvvatlaydi hamda Xayrulla va uning oilasiga, shuningdek, barcha yo‘lovchilarga sog‘lik, omonlik va xavfsiz sayohatlar tilaydi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter