Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Centrum Holidays Centrum Air reyslarida Antalyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozli turlarni yo‘lga qo‘ymoqda

Centrum Holidays Centrum Air reyslarida Antalyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozli turlarni yo‘lga qo‘ymoqda

Centrum Holidays operatori Centrum Air reyslari bilan Toshkent – Antalya – Toshkent yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni o‘z ichiga olgan yangi turistik mahsulot ishga tushirilganini e’lon qiladi. Dastur 2026 yilning 29 mayidan 29 sentyabriga qadar amalga oshiriladi.

Parvozlar har hafta – dushanbadan yakshanbagacha rejalashtirilgan. Zamonaviy va keng fyuzelyajli Airbus A330 samolyotlarida to‘g‘ridan to‘g‘ri amalga oshiriladigan reyslar parvoz vaqtini qisqartirib, yo‘lovchilar uchun qulaylik yaratadi.

Barcha turlar onlayn sotuvda mavjud bo‘lib, sayohatchilar o‘zlariga mos mehmonxona va dam olish formatini tanlashlari mumkin. Sotuvlar Centrum Holidays kompaniyasining parvoz va yashashni o‘z ichiga olgan tayyor turpaketlari shaklida amalga oshirilmoqda.

Turpaketning minimal narxi bir kishi uchun 11 700 000 so‘mdan boshlanadi.

Takliflar, mehmonxonalar va uchish sanalari haqida qo‘shimcha ma’lumotlarni Centrum Holidays sahifalaridan olish mumkin.

Ma’lumot uchun:

Telefonlar: +998772820880, +998772810880, +998702000880

Sayt

Instagram

Telegram

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring