Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada Putinga hukm o‘qigan XJS sudyalarining o‘zlariga hukm o‘qildi

Rossiyada Putinga hukm o‘qigan XJS sudyalarining o‘zlariga hukm o‘qildi

Moskva shahar sudi sudyasi Andrey Suvorov Xalqaro jinoiy sud (XJS) raisi Pyotr Yozef Xofmanskiy va uning uch o‘rinbosari, shuningdek, XJS prokurori Karim Xonni hibsga olish haqida sirtqi hukm chiqardi.

The Insider nashrining yozishicha, Rossiya sudi ularni aybsiz shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortish, noqonuniy hibsga olish, shuningdek, xalqaro himoyaga ega shaxslarga qarshi hujum tayyorlash orqali urushni qo‘zg‘atish yoki xalqaro munosabatlarni murakkablashtirishda aybdor deb topgan. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, XJS sudyalariga 3,5 yildan 15 yilgacha, prokurorga esa 15 yil qamoq jazosi tayinlangan.

Rossiya Bosh prokuraturasi matbuot reliziga ko‘ra, Rossiya sudi aniqlagan ma’lumotlarda 2022-yil fevral–mart oylarida XJS prokurori Karim Xon rossiyalik fuqarolarni noqonuniy ravishda jinoiy javobgarlikka tortgan, sud prezidiumi esa sud palatasi sudyalariga ularni hibsga olish orderi chiqarishni buyurgan.

Eslatib o‘tamiz, 2022-yil mart oyida Xalqaro jinoiy sud Rossiya prezidenti Vladimir Putin va mamlakatning bolalar huquqlari bo‘yicha vakil Mariya Lvova-Belovaga nisbatan hibsga olish orderi chiqargan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring