Saida Mirziyoyeva boshchiligidagi rasmiylar AQSh davlat kotibini kutib oldi
AQSh davlat kotibi Marko Rubio rafiqasi bilan Samarqandga keldi.
Uni aeroportda Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva boshchiligidagi rasmiylar kutib oldi.
«AQSh Davlat kotibi Marko Rubioni ko‘hna va navqiron Samarqand zaminida qutlashdan mamnunman. Bu — uning Markaziy Osiyoga ilk tashrifi.
Oldinda «C5+1» formatidagi muhim muzokaralar, biznes doiralari vakillari bilan uchrashuvlar hamda Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashining navbatdagi yig‘ilishi kutmoqda.
O‘zbekistonga xush kelibsiz, janob Rubio!», deya yozdi Saida Mirziyoyeva.



Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter