Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

San’atkor Jenisbek Piyazov judolikka uchradi

San’atkor Jenisbek Piyazov judolikka uchradi

Foto: Mpe.uz

Opera san’ati namoyandasi Jenisbek Piyazov judolikka uchradi. Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Injigul Saburova 64 yoshida vafot etdi. 

Injigul Saburova madaniyat va san’at sohasida uzoq yillar davomida fidokorona xizmat qilib ko‘plab shogirdlarni yetishtirdi. 

Ma’lumot uchun: Injigul Saburova O‘zbekiston, Qoraqalpog‘iston, Boshqirdiston va Tatariston xalq artisti, opera san’atining namoyandasi, professor Jenisbek Piyazovning volidayi muhtaramasi edi. 

Xabar.uz Injigul Saburovaning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring