Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shahar chumchuqlari fastfud tufayli semirib ketmoqda

Shahar chumchuqlari fastfud tufayli semirib ketmoqda

Foto: Freepik

Shaharlardagi tezkor ovqatlanish (fastfud) shaxobchalari yaqinida uchrovchi chumchuqlarda semirish kuzatilmoqda.

Chumchuqlar ilgari yovvoyi qushlar hazm qilishi qiyin bo‘lgan «tezkor uglevodlar»ni hazm qilishni o‘rganib oldi. Ortiqcha vazn orttirish oqibatida qushlarda gormonal muvozanat buzilmoqda, bu esa ularning ko‘payish qobiliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Xuddi shunday jarayonlar metabolizmi insonnikiga o‘xshash bo‘lgan sutmizuvchilarda ham kuzatilmoqda, dedi Rossiya FA Ekologiya va evolyusiya muammolari instituti ilmiy kotibi Natalya Feoktistova.

Biologning ta’kidlashicha, shaharlardagi hayvonlar ham xuddi insonlar kabi muammolarga duch kelmoqda, masalan, «yorug‘lik ifloslanishi»dan aziyat chekmoqda. Shunga qaramay, ko‘plab mayda qushlar shaharga intiladi va u yerdagi muhitga oson moslashadi. Chunki shaharlarda yirtqich qushlar nisbatan kamroq uchraydi, bu esa kichik turlarning yashab qolishini osonlashtiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring