Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Boylar uchun eng jozibador shahar nomi e’lon qilindi

Boylar uchun eng jozibador shahar nomi e’lon qilindi

Foto: Tu-tu.ru

Savills Plc ko‘chmas mulk brokeri tomonidan tuzilgan 30 ta global megapolislar orasida badavlat shaxslar uchun eng jozibador shaharlar ro‘yxatida Dubay birinchi o‘rinni egalladi.

AQShning Nyu-York shahri rivojlangan biznes muhiti va geosiyosiy barqarorligi omillari hisobiga ikkinchi o‘rinni egalladi. 

Dubayning asosiy afzalliklari orasida meros solig‘ining yo‘qligi, rivojlangan infratuzilma, yuqori darajadagi xavfsizlik va investitsiya evaziga o‘n yillik "oltin viza" olish imkoniyati bor. 

Savills ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilda dollar millionerlari soni taxminan 680 000 ga oshgan va 2029 yilga kelib 5 milliondan ortiqqa ko‘payishi kutilmoqda, deb xabar beradi Interfaks. 

Savills Plc. - Londonda bosh qarorgohi joylashgan va butun dunyo bo‘ylab 700 dan ortiq ofislari tarmog‘iga ega xalqaro ko‘chmas mulk kompaniyasi. U turar-joy va tijorat ko‘chmas mulk bozorlarida maslahat xizmatlarini ko‘rsatadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring