Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Xitoy va Nepal rahbarlariga hamdardlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy va Nepal rahbarlariga hamdardlik bildirdi

Foto: Euronews

Shavkat Mirziyoyev Si Szinpinga hamdardlik bildirdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoyning Tibet avtonom rayonidagi Shigadze shahar okrugida yuz bergan keng ko‘lamli ko‘chki va toshqin oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani, jarohatlangani hamda katta iqtisodiy talafot ko‘rilgani munosabati bilan Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinga hamdardlik yo‘lladi.

​Davlatimiz rahbari vafot etganlarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat, jarohat olganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi.

Shavkat Mirziyoyev Nepalning Tibet bilan chegarasida yuz bergan kuchli suv toshqini oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani, jarohat olgani hamda katta talafot ko‘rilgani munosabati bilan Nepal Prezidenti Ram Chandra Paudelga hamdardlik yo‘lladi.

Eslatib o‘tamiz, Nepal va Xitoyda yuz bergan toshqinda 160 nafardan ortiq kishi halok bo‘ldi, yuzlab kishilar bedarak yo‘qoldi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring