Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shofirkondagi "hujra" tafsilotlari oshkor etildi

Shofirkondagi

Foto: Xabar.uz

Buxoro viloyati, Shofirkon tumanida voyaga yetmagan bolalarga noqonuniy diniy ta’lim bergan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Joriy yilning 8-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muhim o‘zgartirishlar kiritilgan edi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 229²-moddasiga muvofiq, maxsus diniy ma’lumotga ega bo‘lmagan va diniy tashkilot boshqaruvi markaziy organining ruxsatisiz voyaga yetmagan shaxslarga diniy ta’lim berish yoki xususiy tartibda diniy saboq o‘tkazish jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Buxoro viloyati IIB axboro xizmati rahbari Ulug‘bek Shukurlayevning «Xabar.uz»ga bilidirishicha, viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida shunday qonunbuzarlik holati aniqlangan.

Shofirkon tumanida yashovchi fuqaro P.S. o‘zining yashash xonadonlaridan birida Samarqand va Jizzax viloyatlaridan kelgan bir necha nafar bolalarga noqonuniy diniy ta’lim berib kelgan. Tezkor harakatlar natijasida mazkur faoliyat to‘xtatilgan va to‘plangan hujjatlar asosida fuqaro P.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring