Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shukurillo Isroilov rahbarlik lavozimiga tayinlandi

Shukurillo Isroilov rahbarlik lavozimiga tayinlandi

Foto: Ozodbek Nazarbekov /Telegram

So‘z ustasi sifatida tanilgan san’atkor Shukurillo Isroilov davlat lavozimiga tayinlandi. Bu haqda madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov o‘z sahifasida xabar berdi. 

Aytilishicha,  bugun Toshkent shahrida madaniyat va san’at sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, sohadagi islohotlar ijrosi hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan soha vakillari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. 

Taniqli so‘z ustasi Shukurillo Ahmadqulovich Isroilov Toshkent shahar madaniyat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Boshqarma boshlig‘i lavozimini esa Bekzod Bahromov egalladi.

 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring