Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ichki ishlar vaziriga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Ichki ishlar vaziriga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Foto: Ichki ishlar vazirligi

Ichki ishlar vaziriga birinchi o‘rinbosar tayinlandi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan polkovnik Timur Kamalitdinovich Ismailov Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari — Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Shu munosabat bilan u Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i lavozimidan ozod etildi.

Yangi rahbarga jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish tizimini takomillashtirish vazifalari yuklatildi.

Avval mazkur lavozimda ishlagan Rustam Jo‘rayev Prezident Davlat xavfsizlik xizmati raisi lavozimiga tayinlangandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring