O‘zbekiston jahon vitse-chempioniga qarshi o‘ynaydi
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Argentina bilan o‘ynaydi.
Bu haqda Championat.asia xabar qilgan. Fabio Kannavaro murabbiyligidagi O‘zbekiston terma jamoasi JCh finalchisi Argentinaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushishi rejalashtirilgan.
O‘yin 30-sentyabr kuni Xitoyda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Undan oldin, 24-sentyabr kuni Kannavaro jamoasi Toshkentda Eron bilan o‘ynaydi.
Bundan tashqari, 6-oktyabr kuni O‘zbekiston terma jamoasi safarda Janubiy Koreyaga qarshi o‘yin o‘tkazadi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter