Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun O‘zbekistonda 42 darajagacha issiq bo‘lishi kutilmoqda

Bugun O‘zbekistonda 42 darajagacha issiq bo‘lishi kutilmoqda

Foto: Xabar.uz

O‘zgidromet ma’lumotiga ko‘ra, bugun O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli, yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Faqat kunning ikkinchi yarmida Qoraqalpog‘iston Respublikasining ayrim hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy yo‘nalishdan shamol 7–12 m/s, ayrim joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi, ba’zi hududlarda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin. Harorat 34–39 daraja, shimol, janub va cho‘l hududlarda 40–42 daraja bo‘ladi.

Toshkentda havo biroz bulutli, yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Sharqiy yo‘nalishdan shamol 3–8 m/s, ayrim joylarda 10–12 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zon kuzatilishi mumkin. Harorat 35–37 daraja bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda havo ayrim joylarda o‘zgaruvchan bulutli, yog‘ingarchiliksiz bo‘lishi kutilmoqda. Sharqiy yo‘nalishdan shamol 7–12 m/s, ayrim joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 26–31 daraja bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring