Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda «maktab bozorlari» ish boshladi (ro‘yxat)

Toshkentda «maktab bozorlari» ish boshladi (ro‘yxat)

Foto: Xabar.uz

Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik doirasida Toshkent shahridagi dehqon bozorlari va savdo majmualarida «maktab bozorlari» tashkil etildi.

Bu yerlarda o‘quvchilar uchun zarur o‘quv-yozuv qurollari, darsliklar va boshqa o‘quv anjomlarini xarid qilish mumkin.

«Maktab bozorlari» quyidagi manzillarda ishlamoqda:

  • Aviacozlar dehqon bozori — avtoturargoh hududidagi maydonlarda.
  • Askiya dehqon bozori — Shota Rustaveli ko‘chasi tomonidan kirish qismi o‘ng tomonida va orqa kirish qismida.
  • Chilonzor dehqon bozori — Bunyodkor va Farhod ko‘chalari kesishuvidagi avtoturargohda.
  • Mirobod dehqon bozori — Avliyoota ko‘chasi, «Mirobod dehqon bozori» AJ kirish qismida.
  • Navro‘z dehqon bozori — asosiy bozor hududida.
  • Sergeli dehqon bozori — Sergeli-6, Sergeli-7, Sergeli-2 mavzelerda, shuningdek Sergeli-4 mavzesi yerosti o‘tish yo‘li atrofida, Sergeli-1 shoxobchasi va Qo‘yliq-5 mavzesi asosiy bozorlari atrofida.
  • Farhod dehqon bozori — Farhod ko‘chasi, 30-uy (yarmarkaning orqa tomoni), asosiy kirish darvozasi yoni va Farhod ko‘chasi–G9a hududida.
  • Eski Jo‘va dehqon bozori — bozor hududida, 8 qirrali katta zinadan tushgan joyda, TIM-1, TIM-2 va ochiq metro atrofida.
  • Yunusobod dehqon bozori — «Yunusobod dehqon bozori» AJ hududida.
  • Qoraqamish dehqon bozori — Tansiqboyev shoxobchasida.
  • Qo‘yliq dehqon bozori — bozor hududidagi bo‘sh maydonlarda.
  • Chilonzor buyum savdo majmuasi — savdo majmuasi hududida.
  • Chorsu buyum savdo majmuasi — asosiy kirish qismi va DM-74 atrofida.
  • O‘rikzor savdo majmuasi — asosiy kirish darvozasining chap tomonida.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring