Sirdaryo viloyati IIBga yangi rahbar tayinlandi
Sirdaryo viloyati hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Ichki ishlar vazirligi vakillari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda jinoyatchilikning oldini olish, huquqbuzarliklar profilaktikasi va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
Yig‘ilishda Prezident Administratsiyasi Jamoat xavfsizligi va qonun ustuvorligi bo‘yicha departamenti rahbari ushbu yo‘nalishlarda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarga to‘xtaldi.
Viloyat hokimi va viloyat prokurori hududda jamoat xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusidagi vazifalar yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdi.
Yig‘ilishda polkovnik Sardor Mirzaraimov Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangani ma’lum qilindi. Yangi rahbar jamoatchilikka tanishtirildi.
Sardor Mirzaraimov tayinlovga qadar IIV Tezkor-qidiruv departamenti boshlig‘i o‘rinbosari — jinoyat qidiruv xizmati boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter