Sobiq bosh vazir o‘limga hukm qilindi — Bangladeshda vaziyat yana og‘irlashdi
Bangladesh harbiy sudi sobiq bosh vazir Shaxy Hasinani o‘lim jazosiga hukm qildi, deya xabar berdi Reuters.
Shayx Hasina 2024-yilda talabalar namoyishini shafqatsizlarcha bostirishda ayblangan: BMT ma’lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lganlar soni 1 400 nafargacha yetishi mumkin. Hukm sirtdan chiqarildi: sobiq bosh vazir 2024-yil avgustidan buyon Hindistonda yashab kelmoqda. Bundan tashqari, u insoniyatga qarshi boshqa jinoyatlar bo‘yicha umrbod qamoq jazosiga ham hukm qilindi.
Hasina va uning tarafdorlari ayblovlarni rad etib, sud siyosat quroliga aylanganini da’vo qilishmoqda.
O‘lim hukmidan so‘ng Bangladesh poytaxti Dakkada vaziyat og‘irlashdi: Dhaka Tribune gazetasi yozishicha, tartibsizliklarda kamida 50 kishi yaralangan. Shaharning turli qismlarida o‘t qo‘yish, zo‘ravonlik va otishmalar bilan birga ommaviy norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda.
Ma’lumot uchun: ayni paytda Bangladesh muvaqqat hukumatini tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori Muhammad Yunus boshqarmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter