Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti Trampga nasib qilmadi

Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti Trampga nasib qilmadi

Norvegiya Nobel qo‘mitasi tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga venesuelalik muxolif siyosatchi Mariya Korina Machadoni loyiq deb topdi.

Mariya Korina Machado «Venesuela xalqi uchun demokratik huquqlarni ilgari surishdagi tinimsiz mehnati va diktaturadan demokratiyaga adolatli hamda tinch o‘tish uchun olib borgan kurashi uchun» mazkur mukofotni qo‘lga kiritgan.

«Venesueladagi demokratiya harakati rahbari sifatida Mariya Korina Machado so‘nggi yillarda Lotin Amerikasida fuqarolik jasoratining eng yorqin namunasidir.

Machado xonim ilgari chuqur bo‘lingan muxolifatni birlashtira olgan shaxs bo‘ldi. U barchaga erkin saylovlar va vakillik hukumatini talab qilish yo‘lida yagona maydon topib berdi. Bu esa demokratiyaning yuragida yotgan asosiy qadriyatdir», – deyiladi Nobel qo‘mitasi axborotida.

Nobel qo‘mitasi ta’kidicha, idora o‘z tarixida zulmga qarshi kurashgan, erkinlik umidini qamoqlarda, ko‘chalarda va maydonlarda saqlab qolgan mard insonlarni e’tirof etib kelgan.

Eslatib o‘tamiz, AQSh prezidenti Donald Tramp ham Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga bir necha bor o‘z nomzodini ilgari surib kelayotgan edi.  

Manba: nobelprize.org

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring