Toshkent viloyatida hokim yordamchisiga nisbatan tergov boshlandi
Fuqarolarning kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan hokim yordamchisi fosh etildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Quyichirchiq tumani bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Unda «Oydinobod» MFY hokim yordamchisi Sh.G. 4 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ushbu fuqarolar «Oydinobod» MFY hududida yashamasa-da, kredit ajratilishi uchun bankka taqdim qilgan tavsiyanomasida mazkur MFY hududida yashovchilar sifatida ko‘rsatib, 130,2 mln so‘m imtiyozli kredit mablag‘i ajratib, o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter