Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda gaz idorasi xodimi pora bilan ushlandi

Toshkentda gaz idorasi xodimi pora bilan ushlandi

Foto: Prezident matbuot xizmati

«Mirzo Ulug‘bektumangaz» xodimi bilan bog‘liq firibgarlik holati fosh etildi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda «Mirzo Ulug‘bektumangaz» bo‘limi xodimi X.A. fuqaro I.A.ga tegishli binoni gaz tarmog‘iga ulash uchun 3 000 AQSh dollari evaziga go‘yoki yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali texnik shartnoma tuzib, texnik shartlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritib berishini aytib, shundan 1 000 AQSh dollarini X.A.ning topshirig‘iga ko‘ra fuqaro N.B. olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring