AQSh va Saudiya Arabistoni 600 mlrd dollarga kelishdi

AQSh prezidenti Donald Trampning Saudiya Arabistoniga tashrifi chog‘ida Vashington va Ar-Riyod 600 milliard dollarlik kelishuvlar va investitsiya majburiyatlarini imzoladi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar berdi.
Gap mudofaa, energetika, texnologiyalar va infratuzilma bo‘yicha shartnomalar haqida bormoqda. Mablag‘larning qariyb chorak qismi — 142 milliard dollar qurol yetkazib berishga to‘g‘ri keladi.
Donald Tramp Qo‘shma Shtatlar prezidenti lavozimiga kirishganidan so‘ng ilk davlat tashrifi bilan 13 may kuni Saudiya Arabistoniga yetib keldi. Tramp 14-may kuni Qatarga, 15-mayda Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘ladi.
Axios manbalariga ko‘ra, Tramp arab mamlakatlariga tashrifi davomida umumiy qiymati 1 trillion dollarlik bitimlarni imzolashni rejalashtirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter