Daniya Trampga qorovul qo‘ydi
Daniya tashqi ishlar vazirligida AQSh prezidentining Grenlandiya bo‘yicha bayonotlarini «har kecha» kuzatib boruvchi shaxs paydo bo‘ldi. Bu haqda Politiken nashri xabar berdi.
«Donald Trampning bosimiga qarshi turish uchun Daniya diplomatik jihatdan qurollanmoqda. AQSh prezidentining tahdidi (Grenlandiya masalasida — tahr.) tufayli Daniya hukumati va diplomatiyasi bir necha bor yuqori tayyorgarlik holatiga keltirilganidan so‘ng bu yuz berdi», — deyiladi nashr xabarida.
Qayd etilishicha, kechasi bilan navbatchilikda turgan «qorovul» Trampning har bir bayonotini kuzatib boradi.
Tramp Grenlandiyani qo‘lga kiritmoqchi bo‘lganidan so‘ng, Daniya hukumati yangi kemalar va samolyotlar sotib olish uchun 8,5 milliard dollar ajratmoqchi ekanligi haqida oktyabr oyida The Wall Street Journal nashrida maqola chiqdi.
Avgust oyida Daniyaning DR teleradiokompaniyasi Trampga aloqadorligi taxmin qilinayotgan shaxslar orol va Daniya o‘rtasida kelishmovchilik keltirib chiqarishga urinib, Grenlandiyada yashirincha harakat qilayotgani haqida xabar bergandi. Ta’kidlanishicha, ular orolning Qo‘shma Shtatlarga qo‘shilishiga zamin hozirlash maqsadida AQShga moyil va moyil bo‘lmagan bo‘lmagan grenlandiyaliklar haqida ma’lumot to‘plashmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Tramp Kanada va Grenlandiya AQSh tarkibiga kirishi kerakligini ko‘p ta’kidlab keladi. Qolaversa, u Panama kanalini ham AQSh nazoratiga qaytarmoqchi. Tabiiyki, Trampning kurakda turmas bayonotlariga Panama, Kanada va Daniya rasmiylari keskin munosabat bildirgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter