Javohir Sindorovga faxriy unvon va 3 xonali uy beriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoni bilan «mamlakatda shaxmat sport turini yanada rivojlantirishga, xalqimiz o‘rtasida ushbu sport turini ommalashtirishga qo‘shayotgan ulkan hissasi, el-yurtimiz oldidagi farzandlik burchiga sodiq qolib, azmu shijoati, yuksak iroda va mahoratini, vatanparvarlik fazilatlarini yaqqol namoyon etgani, jahon miqyosida Vatanimiz sharafini munosib himoya qilib, yuqori natijaga erishgani, Yangi O‘zbekistonning obro‘-e’tiborini dunyoga tarannum qilish, yoshlarimizni ona yurtga muhabbat, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ulari ruhida tarbiyalash borasidagi alohida xizmatlari uchun» shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Sindorov Javohir Sanjarbekovichga «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi» faxriy unvoni berildi.
Shuningdek, Jahon kubogi sohibi bo‘lgan shaxmatchiga Prezident sovg‘asi – 3 xonali xonadon, uning murabbiylariga esa pul mukofotlari beriladigan bo‘ldi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter