Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2026-yilda tashqi qarzlarni jalb qilish bo‘yicha yillik hajm $5 mlrd etib belgilanyapti

2026-yilda tashqi qarzlarni jalb qilish bo‘yicha yillik hajm $5 mlrd etib belgilanyapti

2026-yilda O‘zbekiston Respublikasi nomidan va O‘zbekiston Respublikasining kafolati ostida tashqi qarzlarni jalb qilish bo‘yicha yillik imzolanadigan yangi bitimlarning cheklangan hajmi 5,0 mlrd AQSh dollari (2025-yilda 5,5 mlrd AQSh dollari) etib belgilandi.

Shundan O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetini qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirish uchun – 2,5 mlrd AQSh dollari (2025-yilda 3,0 mlrd AQSh dollari), investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun – 2,5 mlrd AQSh dollari miqdorida belgilanmoqda.

Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligining «2026-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida»gi Qonuni loyihasi va Budjetnoma sharhida ma’lum qilindi.

Bundan tashqari, hujjat bilan davlat qarzi portfelini diversifikatsiya qilish hamda valyuta xatarlarini kamaytirish maqsadida 2026-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi nomidan chiqariladigan davlat qimmatli qog‘ozlarining cheklangan sof hajmi 30,0 trln so‘m miqdorida belgilanmoqda.

Shuningdek, Davlat budjeti oldidagi xatarlarni kamaytirish maqsadida davlat tomonidan qabul qilinadigan majburiyatlar (sotib olish yoki to‘lab berish) va tasdiq xatlari berilishi talab qilinadigan barcha davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosidagi imzolanadigan yangi loyihalar qiymatining yuqori chegarasi 6,5 mlrd AQSh dollari miqdorida belgilanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring