«Buni kutmagandim»: Putin AQShning keskin qarori haqida gapirdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qo‘shma Shtatlar Rossiyaning LUKOYL va Rosneft neft kompaniyalariga qarshi sanksiyalar joriy etishini kutmaganini aytdi.
Oq Uyning qarori o‘z-o‘zidan qabul qilingvn, chunki Alyaska muzokaralaridan beri Moskva va Vashington o‘rtasida hech qanday nizolar bo‘lmagan. Rossiya prezidenti buni Qirg‘izistonga safari chog‘ida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida aytdi.
«Muzokaralar davomida biz Qo‘shma Shtatlar bilan harbiy harakatlarga chek qo‘yish uchun nima qilish kerakligi haqida o‘zaro tushunishga ega ekanligimiz haqidagi taassurotni shakllantirdik. Biz Ankorij platformasida qoldik va to‘satdan Qo‘shma Shtatlar sanksiyalar e’lon qildi. Men nima bo‘layotganini ham tushunmadim», dedi Putin.
Oktyabr oyida AQSh Moliya vazirligi LUKOYL, Rosneft va ularning sho‘’ba korxonalariga qarshi sanksiyalar joriy qildi. Cheklovlar kompaniyalarning barcha AQSh aktivlarini muzlatish va Amerika sub’yektlariga ular bilan biznes yuritishni taqiqlashni o‘z ichiga oladi. LUKOYL tez orada o‘zining xorijiy aktivlari uchun xaridor qidirayotganini e’lon qildi. Rossiya bankining sharhida ta’kidlanishicha, Rossiyaning Urals xom nefti noyabr oyida Brent markasiga nisbatan 23% gacha pasaygan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter