Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

G7 muzlatilgan Rossiya aktivlaridan Ukrainaga 31 mlrd yevro o‘tkazdi

G7 muzlatilgan Rossiya aktivlaridan Ukrainaga 31 mlrd yevro o‘tkazdi

G7 mamlakatlari muzlatilgan Rossiya aktivlarini qayta investitsiyalashdan tushgan mablag‘lar hisobiga Ukrainaga qariyb 31 milliard yevro miqdorida kredit o‘tkazdilar.

Bu haqda Yevropa Parlamenti sessiyasida Yevropa iqtisodiyoti bo‘yicha komissari Valdis Dombrovskis ma’lum qildi. 

Dombrovskis G7 Yevropa Ittifoqi tashabbusi bilan 2024-yilda umumiy qiymati 45 milliard yevro bo‘lgan kredit liniyasini qabul qilganini eslatdi. "Ukraina allaqachon 30,9 milliard yevro, jumladan, Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridan 18,1 milliard yevro olgan", dedi komissar. 

TASS agentligining fikricha, Dombrovskis Yevropa Komissiyasi aktivlarni muzlatishdan chiqarish yoki mablag‘larni hech kimga o‘tkazishni ko‘rib chiqmayotganini aniq aytgan.

Kreditlarni so‘ndirish 2042-yilgacha davom etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring