Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sankt-Peterburgda onasining qotiliga aylangan 13 yoshli qiz ushlandi

Sankt-Peterburgda onasining qotiliga aylangan 13 yoshli qiz ushlandi

Foto: RIA

Sankt-Peterburgda 13 yoshli qiz onasini pichoqlab o‘ldirganlikda gumonlanib qo‘lga olindi. Bu haqda RIA Novosti huquq-nigoh organlariga tayanib xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa 26 noyabr kuni Kovalevskaya ko‘chasidagi xonadonda sodir bo‘lgan. 1978 yilda tug‘ilgan ayolning jasadi bo‘yin sohasida pichoqda yetkazilgan tan jarohati bilan topilgan.

Huquqni muhofaza qilish organlari vakillari xabar qilishicha, 13 yoshli qiz hozirda tergov harakatlari uchun olib ketilgan va u sodir etilgan jinoyatda aybini tan olgan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ona va qiz uyda yolg‘iz yashab kelgan. Otasi taksi haydovchisi bo‘lib ishlagan va hodisa kechasi uyda bo‘lmagan.

Hodisa sabablari va voqea qanday kechgani hozircha aniqlanmoqda.

Sankt-Peterburg shahar bo‘yicha Tergov qo‘mitasi ayol o‘limi yuzasidan Jinoyat kodeksining 105-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan. Tergovchilar hodisa joyini ko‘zdan kechirgan, zarur ekspertizalar tayinlangan.

Hozirda qizning huquqiy maqomi, u bilan bog‘liq protsessual choralar hamda voqeaning aniq sabablari o‘rganilmoqda. Yoshga doir sabablar tufayli tergov ma’lumotlari to‘liq oshkor etilmayapti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring