Tramp Prezident Shavkat Mirziyoyevni AQShga taklif qildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev nomiga AQSh prezidenti Donald Trampdan maktub keldi.
Amerika yetakchisi o‘z maktubida Shavkat Mirziyoyevning joriy yil fevral oyida bo‘lib o‘tgan Tinchlik kengashining ilk yig‘ilishidagi ishtirokini yuksak baholagan. O‘zbekiston yetakchisi mamlakatda ulkan natijalarga erishayotgani ta’kidlanib, mamlakatimizga tashrif bilan kelish taklifi uchun minnatdorlik bildirilgan.
O‘z navbatida, Prezident Donald Tramp O‘zbekiston yetakchisini Tinchlik kengashining navbatdagi yig‘ilishiga, shuningdek, Mayamida o‘tadigan G20 sammitiga taklif etdi.
«Yaratgan Sizni va O‘zbekistonning buyuk xalqini yorlaqasin», – deyiladi maktubda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter