Tramp vazn tashlamoqchi
AQSh prezidenti Donald Tramp vazn tashlamoqchi ekanini aytdi.
«Bir necha kilogrammga ozsam deyman. Ammo faqat Shukronalik kunida emas. O‘sha kuni dasturxonimda kurka bo‘ladi», — dedi Tramp Oq uyda jurnalistlar bilan uchrashuvda.
AQSh prezidentlari har yili tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. O‘sha tekshiruvlarga ko‘ra, Trampning vazni 107 kilogramm, bo‘yi esa 190 santimetr. U burgerlar, fri kartoshka va gazlangan ichimliklardan hech qachon o‘zini tiymagan.
Amerikada Shukronalik kuni 27-noyabr kuni nishonlanadi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter