Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ukraina Turkiyaga Zelenskiy-Putin uchrashuvi bo‘yicha so‘rov yubordi

Ukraina Turkiyaga Zelenskiy-Putin uchrashuvi bo‘yicha so‘rov yubordi

Foto: RBK-Ukraina

Kiyev Turkiyadan Zelenskiy va Putin o‘rtasida uchrashuv tashkil qilishni so‘radi. 

Ukraina Turkiyadan prezident Vladimir Zelenskiy va Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida uchrashuv tashkil qilishni ko‘rib chiqishni so‘radi. 

Ukraina tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga bu haqda «Ukrinform» axborot agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi. 

«Biz Turkiyadan Zelenskiy va Putin o‘rtasida Rajab Toyyib Erdo‘g‘on va Donald Tramp ishtirokida uchrashuv tashkil qilishni ko‘rib chiqishni so‘radik. Biz bu uchrashuvga tayyormiz», dedi Sibiga. 

Vazir turk diplomatlarining ishini yuqori baholadi va uni juda samarali deb atadi. Shuningdek, u Turkiya ham Ukraina mojarosini hal qilishdan manfaatdor ekanligini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, Kiyev anchadan buyon Rossiya prezidenti Putinga uchrashuv taklif etib keladi. Ammo Kreml turli vajlarni keltirib, uchrashuvga rozi bo‘lmayapti. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring