Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ukraina yana 3 yillik urushga tayyorlanyapti

Ukraina yana 3 yillik urushga tayyorlanyapti

Ukrainada muzokaralar to‘xtab qolishi mumkinligi fonida hokimiyat uzoq muddatli urush ssenariysiga tayyorgarlik ko‘ra boshladi. Ukraina matbuotiga ko‘ra, prezident Vladimir Zelenskiy parlament faoliyatini yana 1–3 yil urush sharoitida davom ettirish bo‘yicha reja tayyorlashni topshirgan.

Bu vazifa «Xalq xizmatkori» fraksiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari Andrey Motovilovetsga yuklangan. U hozirda parlamentning uzluksiz ishlashi va uzoq muddatli sharoitga moslashuvi bo‘yicha reja ishlab chiqmoqda.

Manbalarga ko‘ra, uch tomonlama muzokaralar (Ukraina–AQSh–Rossiya) hozircha to‘xtab qolishi mumkin, chunki tomonlar hozircha murosa qilishga tayyor emas. Shu bois Kiyev real ssenariy sifatida urush yana bir necha yil davom etishini hisobga olmoqda.

Ayni paytda hokimiyat ichida — hukumat va prezident apparati o‘rtasida hamkorlikni yaxshilash ustida ish olib borilmoqda. Manbalar aytishicha, ichki muvofiqlashuvda «kamroq intriga, ko‘proq ish» tamoyiliga o‘tilyapti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring