Xitoy Boeing‘dan 200 ta samolyot sotib oladi – Tramp
Donald Tramp Si Szinpin bilan uchrashuvidan keyin Xitoy Boeing kompaniyasidan 200 ta samolyot sotib olishga rozi bo‘lganini ma’lum qildi.
Trampning aytishicha, Boeing avval 150 ta samolyot sotishni rejalashtirgan, ammo kelishuv hajmi kutilganidan kattaroq bo‘lgan.
Shu bilan birga, tahlilchilar Trampning Pekinga tashrifi yakunida 500 ta samolyot bo‘yicha buyurtma berilishini kutayotgan edi. Reuters ma’lumotiga ko‘ra, aynan shu sabab Boeing aksiyalari 14 may kuni 4,1 foizga tushib ketgan.
Boeing qariyb o‘n yildan beri Xitoydan yirik buyurtma olmayotgan edi. Bu vaqt ichida Pekin asosan Airbus samolyotlarini xarid qilib kelgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter