Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
Toshkent shahrida Xitoy Xalq Respublikasi Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zosi, Tashqi ishlar vaziri Van I janoblarini qabul qilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mehmon O‘zbekistonga amaliy tashrif doirasida Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyati, uning vazifalari va ekspozitsiyasi bilan yaqindan tanishdi.

Van I janoblari, xususan, markaz foyesidagi 14 ta ravoqda joylashtirilgan allomalar va tarixiy shaxslarga bag‘ishlangan kompozitsiyalar bilan yaqindan tanishdi.

Ekspozitsiyaning ilmiy qismida Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Beruniy, Ibn Sino kabi mutafakkirlarning jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissalari haqidagi ma’lumotlar, xususan «Al-Jabr val-Muqobala» asari, algoritm tushunchasining paydo bo‘lishi va lotin raqamlarining shakllanish tarixi Van I tomonidan yuqori baholandi.

Oliy martabali mehmon Islom davrigacha oid ekspozitsiyada Baqtriya, So‘g‘d, Xorazm, Kushon kabi qadimiy sivilizatsiyalar, ularning Xitoy bilan ilmiy-madaniy aloqalari, Ipak yo‘li tarixi bo‘yicha taqdim etilgan materiallarni katta qiziqish bilan ko‘zdan kechirdi. Uzoq tarixiy hamkorlikning ilk bosqichi sifatida Farg‘ona otlari, beda urug‘i va uzum donlarining Xitoyga olib ketilgani haqidagi ma’lumotlar mehmonda ayniqsa kuchli taassurot qoldirdi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter