Xorijda o‘qiyotgan o‘zbekistonlik talabalar soni keskin kamaydi
2026-yilning yanvar–mart oylarida 5 ming 862 nafar O‘zbekiston fuqarosi ta’lim olish maqsadida xorijga chiqqan. Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,6 ming nafarga yoki 21,2 foizga kamaygan.
Qayd etilishicha, o‘zbekistonliklar orasida eng ommabop ta’lim yo‘nalishi sifatida Rossiya yetakchilikni saqlab qolgan. Uch oy davomida ushbu mamlakatga 1 ming 241 nafar fuqaro o‘qish maqsadida jo‘nab ketgan.
Keyingi o‘rinlarda Janubiy Koreya va Qirg‘iziston qayd etilgan. Janubiy Koreyaga 1 ming 131 nafar, Qirg‘izistonga esa 1 ming 59 nafar o‘zbekistonlik ta’lim olish uchun borgan.
Statistikaga ko‘ra, xitoylik va turkiyalik oliygohlar ham o‘zbekistonlik yoshlar uchun jozibadorligini saqlab qolmoqda. Xitoyga 424 nafar, Turkiyaga esa 423 nafar fuqaro o‘qish maqsadida chiqqan.
Shuningdek, Tojikistonga 381 nafar, Buyuk Britaniyaga 292 nafar O‘zbekiston fuqarosi ta’lim olish uchun yo‘l olgan. Boshqa davlatlarga o‘qish maqsadida ketganlar soni 911 nafarni tashkil etgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter