Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi yildan taksi haydovchilari 1 foizli soliq to‘lashni boshlaydi

Yangi yildan taksi haydovchilari 1 foizli soliq to‘lashni boshlaydi

2020-yil 8-iyundagi PQ-4742-son qaror bilan taksichilik faoliyati  o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari ro‘yxatiga kiritilgan edi. Shu bois amaldagi soliq qonunchiligiga muvofiq mazkur shaxslarning o‘z faoliyati natijasida olgan va 100 mln so‘mgacha bo‘lgan daromadlari daromad solig‘idan ozod qilingan edi. 

Biroq joriy yil 12-avgustdagi PQ-247-son qaror bilan tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida teng sharoitlarni ta’minlash maqsadida 2026-yil 1-yanvardan boshlab mazkur tartib, ya’ni 100 mln so‘mgacha bo‘lgan soliq imtiyozi bekor qilindi.

Endilikda 2026-yil 1-yanvardan boshlab, yillik aylanmasi 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun aylanmadan olinadigan soliq stavkasi 1 foiz miqdorida belgilanadi.

Masalan, taksichilik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxs shu faoliyat turidan 1 mln so‘mgacha daromad oladigan bo‘lsa, shundan 1 foiz – 10 ming so‘m miqdorida soliq to‘lashi kerak bo‘ladi.

Bunda soliq summalari tegishli tartibda taksi agregatorlari tomonidan avtomatik tarzda ushlab qolinadi va davlat budjetiga o‘tkazib beriladi. 

 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring