Yaponiya hukumati iste’fo berdi

21-oktyabr kuni tongda Yaponiya bosh vaziri Sigeru Isiba o‘z kabinetining to‘liq tarkibi bilan iste’fo berganini e’lon qildi. Bu qaror iyul oyida Maslahatchilar palatasi saylovlarida hukmron Liberal-demokratik partiya (LDP)ning og‘ir mag‘lubiyati va parlamentda bosh vazir lavozimi uchun nomzodni kelishish jarayoni cho‘zilib ketganidan keyin qabul qilindi.
Iste’fo haqidagi bayonotida Isiba shunday dedi:
«Hukmronligi kichkina bo‘lgan partiya sifatida murakkab sharoitda xalq bilan rostgo‘y muloqot qilishga barcha kuchimni ishlatdim».
Kunning ikkinchi yarmida u hukumat binosini tark etganida xodimlar uni qarsaklar bilan kuzatib qo‘ydi. Jurnalistlarning «vazirlar kabineti binosidan chiqar ekansiz, nimani his qildingiz?» degan savoliga Isiba:
«Men haqiqatan ham yaxshi ishlash imkoniga ega bo‘ldim», – deya javob qaytargan.
U, shu bilan birga, kelgusi hukumat uchun eng muhim narsa — nizo emas, balki birdamlik va bag‘rikenglik bo‘lishi kerakligini ta’kidlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter