Yaponiyada 7,4 magnitudali zilzila yuz berdi
Bugun, 20-aprel kuni Yaponiyaning shimoli-sharqiy sohillari yaqinida 7,4 magnitudali kuchli zilzila qayd etildi. Mamlakat meteorologiya agentligi sohilbo‘yi hududlari uchun zudlik bilan sunami xavfini e’lon qildi.
Zilzila bizning vaqt bilan soat 12:53 da Tinch okeanida, Ivate prefekturasi sohillari yaqinida, 10 km chuqurlikda sodir bo‘lgan.
Sunami to‘lqinlari balandligi 3 metrgacha yetishi mumkinligi haqida ogohlantirish berildi. Sunami xavfi asosan Ivate, Aomori, Miyagi prefekturalari va Xokkaydo orolining janubiy qismiga xavf solmoqda.
Kuchli silkinishlar poytaxt Tokioda ham yaqqol sezilgan.
Yaponiya rasmiylari xavfli hududlarda yashovchi aholini zudlik bilan balandroq joylarga ketishga chaqirdi. Ushbu hududlarda tezyurar poyezdlar harakati vaqtincha to‘xtatilgan. Talafotlar va jabrlanganlar haqida hozircha rasmiy ma’lumot kelib tushmadi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter