Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yermak ketgan. Zelenskiy ofisini endi kim boshqaradi?

Yermak ketgan. Zelenskiy ofisini endi kim boshqaradi?

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 8-dekabr kuni jurnalistlar bilan suhbatda Prezident ofisi rahbari lavozimiga tayinlanishi etilishi mumkin bo‘lgan besh nomzodni tilga oldi. Bu haqda «Ukrainskaya pravda» xabar berdi.

Zelenskiy ko‘rsatgan nomzodlar:

  • Denis Shmigal — mudofaa vaziri
  • Mixail Fedorov — birinchi vitse-premer, raqamli transformatsiya vaziri
  • Kirill Budanov — Mudofaa vazirligi harbiy razvedka boshqarmasi rahbari
  • Pavel Palis — Prezident ofisi rahbari o‘rinbosari
  • Sergey Kislitsa — tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari

Zelenskiyning ta’kidlashicha, ayrim nomzodlarni tayinlash huquqiy jihatdan ham qiyinchilik tug‘diradi. Jumladan, Shmigal va Fedorovni Prezident ofisiga tayinlash uchun ularni avval Rada o‘z vazifalaridan ozod qilishi kerak.

U, shuningdek, barcha nomzodlar muhim pozitsiyalarda ishlayotgani uchun qaror qabul qilish oson emasligini ta’kidlaydi.

Eslatib o‘tamiz, 28-noyabr kuni Zelenskiy Prezident apparati rahbari Andrey Yermakni lavozimidan ozod etgandi. Shu kuni tergovchilar «Energoatom»da katta miqdordagi o‘g‘irlik ishi doirasida Yermak uyida tintuv o‘tkazgan. Unga ayb e’lon qilinmagan, ammo Yermak tintuvdan keyin iste’fo berib, frontga ketishini bildirgan.

Yermak ketganidan so‘ng Ukrainada tinchlik muzokaralari bo‘yicha delegatsiyani Ukraina MXQ bosh kotibi Rustem Umerov boshqarib bormoqda. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring